Bugun Bulung‘ur tumani G‘aznachilik xizmati bo‘limida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir fuqarolar, tashkilot vakillari hamda mutasaddi idoralar o‘rtasida ochiq va samarali muloqot maydoniga aylandi. 🤝

Qabulni Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig‘i Hamdamov Oybek Aslonjonovich boshchiligida o‘tkazildi.

🤝 Sayyor qabulda quyidagi mutasaddi rahbarlar ham ishtirok etdilar:

🔹 Davrukov Xusniddin Umarovich – O‘zbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi Samarqand filiali vakili
🔹 Shukurov Sherzod Mamarasulovich – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Axborot texnologiyalari markazi vakili

📌 Qabul davomida aholi murojaatlari tinglandi, dolzarb masalalarga yechim izlandi va mutasaddilar tomonidan amaliy tavsiyalar berildi.

🔎 Bunday tadbirlar – ochiq muloqot, halollik va samaradorlik asosidagi boshqaruvning muhim ifodasidir.

📍 Bulung‘ur tumani G‘aznachilik xizmati bo‘limida chellenj davom etmoqda!

Bugun Bulung‘ur tumani G‘aznachilik xizmati xodimlari “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan respublika chellenjida faol ishtirok etdilar. 💪

⚠️ Korrupsiya — bu taraqqiyotning dushmani!
🔻 U ishonchni yemiradi
🔻 Adolatni so‘ndiradi
🔻 Halol mehnatga to‘siq bo‘ladi

🗣 Shuning uchun:
✅ Har bir halol xodim – korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy ishtirokchisidir!
✅ Har bir xolis xizmat – adolatli jamiyat poydevoridir!

🌱 Bulung‘ur G‘aznachiligi — halollik yo‘lida!
Siz ham ushbu chellenjga qo‘shiling va jamiyatda poklikni targ‘ib qiling!

⚡️"Avlodlar Birligi – Sport va Salomatlik Yo‘lida!" Tadbiri ⚡️

📍 Sana va joy: 26-aprel, Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi

Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi tomonidan "Avlodlar Birligi – Sport va Salomatlik Yo‘lida!" shiori ostida keng qamrovli sport-sog‘lomlashtirish tadbiri o‘tkazildi. Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, turli avlod vakillari o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash hamda faol hordiq chiqarishni maqsad qilgan holda tashkil etildi.

Tadbir davomida quyidagi faoliyatlar amalga oshirildi:

✅ Sport musobaqalari:

Futbol musobaqasi:

🥇 1-o‘rin – Samarqand tuman va Tayloq tumanlaridan yig‘ilgan terma jamoa

🥈 2-o‘rin – Urgut, Narpay va Oqdaryo tumanlaridan yig‘ilgan jamoa

🥉 3-o‘rin – Qo‘shhrabot, Payariq va Pastdarg‘om tumanlaridan yig‘ilgan jamoa

Shaxmat musobaqasi: ♟️

🥇 1-o‘rin – Bobomurodov Umrzoq

🥈 2-o‘rin – Boyxurozov Baxrom

🥉 3-o‘rin – Maxatov Jasur

Shashka musobaqasi: ♟️

🥇 1-o‘rin – Xakimov Shuxrat

🥈 2-o‘rin – Umarov Jamol

🥉 3-o‘rin – Janizakov Sardor

✅ Madaniy-ma'rifiy qism:

Tadbir davomida ustozlar va yosh avlod vakillari ishtirokida iliq uchrashuvlar o‘tkazildi. 🎤

Ustozlar yoshlarga ezgu tilaklar bildirib, sport va sog‘lom hayot tarzi bo‘yicha maslahatlar berishdi.

✅ Bayram dasturxoni:

Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar uchun milliy taomlardan iborat boy bayram dasturxoni yozildi. 🍲🍉

Dasturxon atrofida ishtirokchilar samimiy suhbatlar qurib, tadbirning ijobiy ruhini yanada mustahkamlashdi.

✅ Bolajonlar uchun sovg‘alar:

Tadbir doirasida xodimlarimizning farzandlariga esdalik sovg‘alari topshirildi. 🎁
Bu kichik tuhfa bolalarga xursandchilik va unutilmas onlarni tuhfa etdi.

📸 Tadbirda olingan suratlar va videolavhalar: t.me/samgazna

🗓 2025-yil 29-aprel kuni
Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi tomonidan Pastdarg‘om tuman G‘aznachilik xizmati bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimiga suhbat jarayoni o‘tkazildi.

Jarayonda nomzodlarning:
— kasbiy bilim va malakasi,
— qonunchilikdagi yangiliklarga munosabati,
— muloqot madaniyati,
— muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish qobiliyati
yuzasidan berilgan savollarga asoslangan individual suhbatlar tashkil etildi.

Quyidagi 6 nafar nomzod suhbatda ishtirok etdi:
1️⃣ Sadullayev Jamshid
2️⃣ Xolmurotov Shohrux
3️⃣ Xolmurotov Shohruh
4️⃣ Mamatqulov Ibrohim
5️⃣ Saliyev Xusan
6️⃣ Babayev Masariddin

🎥 Jarayon YouTube orqali ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida jonli efirda yoritildi.

▶️ Suhbat yozuvini bu havola orqali ko‘rishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/live/XGrqcDRvlBY?si=Soc9HhcrYQhzQEUe

Bu safar Samarqand tumani G‘aznachilik xizmati bo‘limi xodimlari faollik ko‘rsatib, korrupsiyaga qarshi chellenjda ishtirok etdilar! 👏

✅ Xodimlar tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar:

Shaffoflik va halollik tamoyillarini targ‘ib qilish!

Korrupsiyaga qarshi kurashda har bir fuqaroning roli va ahamiyatini tushuntirish!

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga chaqirish! 💬

🔑 Shiorlarimiz:

"Halollik — bizning yo‘limiz! 🌟"

"Korrupsiyaga YUQ! 🚫"

"Adolat va shaffoflik yo‘lida! ⚖️"

🖼 Rasmda bo‘lim xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashishda birlashganligi aks etgan!

🛡 Korrupsiyaga qarshi kurashishda birgalikda muvaffaqiyatga erishamiz!

Bu safar Pastdargom tumani G‘aznachilik xizmati bo‘limi xodimlari faol ishtirok etdi! 👏

Korrupsiyaga qarshi kurashda har bir fuqaroning o‘rnini ta’kidladilar!

Jamoatchilik nazoratining ahamiyatini oshirishga chaqirdilar! 🤝

🔑 Shiorlarimiz:

"Halollik — bizning yo‘limiz! ✨"

"Korrupsiyaga YUQ! 🚫"

"Adolat yo‘lida birlashamiz! ⚖️"

📢 Rasmda bo‘lim xodimlarining birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashishda qatnashgani aks etgan!

🛡 Korrupsiyaga qarshi kurashishda birgalikda muvaffaqiyatga erishamiz!

📅 1-2 may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasida “Inson uchun” nomli Respublika ko‘rgazmasi o‘tkaziladi! 🤝

Ushbu ko‘rgazmada nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyish etiladi va ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish imkoniyati yaratilib, ijtimoiy ahvolni yaxshilashga ko‘maklashiladi.

💡 Ko‘rgazma maqsadi:

Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tanishish.

Ularning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilash uchun xaridlar va shartnomalar tuzish.

Sizni va tashkilotingizni ushbu muhim tadbirga taklif qilamiz. Keling, birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda qo‘shma hissa qo‘shaylik! 🌱

📍 Manzil: O‘zekspomarkaz, Toshkent sh., 1-2 may, 2025-yil
🕘 Vaqt: 10:00 - 18:00