Yangiliklar

🛡 Korrupsiyaga qarshi kurashish – bugunning dolzarb masalasi!

📅 2025-yil 2-may kuni Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

👤 Ushbu tadbirda Samarqand viloyat prokuraturasining Iqtisodiy qonunchilik ijrosi nazorati bo‘limi katta prokurori – Ulug‘bek Abdullaevich Tangirov ishtirok etdi va sohaga oid o‘z fikr-mulohazalari, huquqiy tushunchalari bilan o‘rtoqlashdi.

📌 Davra suhbati davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

🔹 Korrupsiyaning salbiy oqibatlari va unga qarshi kurashishning dolzarbligi
🔹 Davlat xizmatchilarining shaxsiy mas’uliyati va axloqiy me’yorlarga amal qilish zarurati
🔹 Korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va ularni oldini olish mexanizmlari
🔹 Huquqiy madaniyat va xizmat intizomini kuchaytirish yo‘llari

🇺🇿 Korrupsiyasiz jamiyat sari birgalikda harakat qilaylik!

5-May, 2025-yil

Sayyor qabul

🔹 2025-yil 12-may kuni Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig‘i Hamdamov Oybek Aslonjonovichning Samarqand shahardagi tadbirkorlar, budjet buyurtmachilari va fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi.

📍 Manzil: Samarqand shahri, Ko‘ksaroy maydoni, 2-uy
🕚 Boshlanish vaqti: 11:00

Ushbu sayyor qabulda barcha ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar, tadbirkorlar va tashkilotlar vakillarini taklif etamiz.

12-May, 2025-yil

📢 MUXIM AXBOROT!

✅ 2025-yil 6-may kuni, Samarqand viloyatidagi budjet tashkilotlarining aprel oyining ikkinchi yarmiga oid ish haqi to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi.

💵 Umumiy to‘lovlar miqdori: 551,6 milliard so‘m, jumladan:

✅Mahalliy budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun – 96,8 mlrd so‘m

✅Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun – 333,0 mlrd so‘m

✅Tibbiy sug‘urta jamg‘armasi orqali sog‘liqni saqlash tashkilotlariga – 121,8 mlrd so‘m

📌 Mazkur to‘lovlar 6-may kuni to‘liq amalga oshirilgan bo‘lib, barcha budjet tashkilotlari xodimlariga o‘z vaqtida yetkazildi.

16-May, 2025-yil

📣 DAVLAT XARIDLARI BO‘YICHA AMALIY SEMINAR!

2025-yil 15-may kuni Samarqand shahrida davlat xaridlari sohasiga oid amaliy seminar-trening o‘z ishini boshladi.

Tadbirni Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ablaqulov Xaydar Zaribqulovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.

🎙 U o‘z nutqida seminarning dolzarbligini, davlat xaridlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.

📍 Tadbir Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

16-May, 2025-yil

📣 SEMINAR MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI!

2025-yil 15-may kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan davlat xaridlari bo‘yicha amaliy seminar-trening muvaffaqiyatli yakunlandi.

📌 Tadbir davomida ishtirokchilarga quyidagi mavzular bo‘yicha amaliy bilimlar berildi:
– Davlat xaridlari tartib-qoidalari
– Xarid qiymatini shakllantirish va bozor tahlili
– Elektron platformalar orqali xarid jarayonlari
– Eng ko‘p uchraydigan xatoliklar va ularning oldini olish yo‘llari

🎁 Tadbir yakunida random tanlov asosida 3 nafar faol ishtirokchi noutbuk bilan taqdirlandi! Bu esa seminar ishtirokchilari uchun kutilmagan va quvonchli sovg‘a bo‘ldi.

🙌 Ishtirokchilar seminardan olgan bilimlari amaliy jihatdan foydali bo‘lganini ta’kidlashdi va bu kabi tadbirlarning yana davom etishini xohlashdi.

📌 Seminar “Hayot birja” boshchiligida, Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

16-May, 2025-yil

📚 Iqtisodiy o‘qish!

📍 Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasida bugun navbatdagi iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi. Unda bo‘lim boshlig‘i U.Ochilov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 47-sonli qarori mazmun-mohiyati keng yoritib berildi.

🧾 Qaror budjetning birlamchi xarajatlarini o‘z vaqtida qoplash uchun yagona g‘azna hisobvarag‘ida saqlanishi lozim bo‘lgan mablag‘larning eng kam miqdorini aniqlash tartibiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning ijrosi budjet barqarorligi uchun muhim hisoblanadi.

👥 Tadbir davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda ushbu normativ hujjatning amaliyotga tatbiqi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

📌 Iqtisodiy o‘qishlar g‘aznachilik xizmati tizimi xodimlarining bilim va malakasini oshirishga xizmat qilmoqda.

16-May, 2025-yil

📌 Siyosiy ma’rifat soati.

🗓 Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi xodimlari bugun navbatdagi siyosiy ma’rifat soatini tingladilar. Ushbu ma’rifiy dars doirasida davlat siyosatining dolzarb yo‘nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati va yurtimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan muhim ma’lumotlar yetkazildi.

▶️ To‘liq video lavhani quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
🔗 https://www.youtube.com/watch?v=m5GlB4-0lSs

🎯 Bunday soatlar xodimlarning siyosiy savodxonligini oshirish, islohotlarni chuqur anglash hamda fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

16-May, 2025-yil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech