📢Ayni vaqtda Samarqand viloyati G'aznachilik xizmati boshqarmasi xodimlari siyosiy-ma'rifiy soatida ishtirok etishmoqda.

📌 Ma'rifiy soat davomida xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining so‘nggi farmon va qarorlari, davlat boshqaruvi sohasidagi o‘zgarishlar hamda iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishlari bo‘yicha yangilangan ma’lumotlar bilan tanishdilar. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurash, davlat mablag‘laridan samarali foydalanish hamda shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Siyosiy-ma'rifiy soati davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha fikr almashib, tegishli mutaxassislardan kerakli tushunchalar oldilar. Ma'lumki, bunday tadbirlar xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish bilan birga, ularning o‘z kasbiy faoliyatlarini yanada samarali olib borishlariga yordam beradi.

📺 Ushbu ma’rifiy soat tafsilotlarini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
🔗 https://www.youtube.com/watch?v=6k_vYfmSP_4

Bugun, 19-fevral Ishtixon tumanida tadbirkorlarni davlat xaridlarida faol ishtirok etishga ko‘maklashish maqsadida muhim seminar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-dekabrdagi PQ-417-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilgan.

👤 Ishtirokchilar:
• Abduxakimov Rashid Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasining Davlat xaridlarini rivojlantirish va monitoringi sho’basi boshlig’i.
• Davrukov Husniddin O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi Samarqand filiali Elektron savdolar bo‘yicha mutaxassisi

✅ Seminar davomida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
• Davlat xaridlarida ishtirok etish imkoniyatlari
• Tovar-xomashyo birjasida qatnashish tartibi
• Mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari

Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan muhim ma’lumotlar beriladi va ishtirokchilarning savollariga javoblar taqdim etiladi.

📆2025-yil 17-18-aprel kunlari Samarqand viloyatining Jomboy tumanida “PROM PRO EXPO 2025” sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkaziladi.

🎯 Tadbirning asosiy maqsadi:
Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni budjet tashkilotlari bilan bog‘lab, ichki ehtiyojlarni qoplashda mahalliy ishlab chiqaruvchilar imkoniyatlaridan foydalanish.

📌 Tadbir doirasida quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
✔️ Mahsulotlarni new.cooperation.uz portali orqali xarid qilish imkoniyati
✔️ Qurilish, oziq-ovqat, mebel, elektrotexnika va boshqa tarmoqlardagi yangiliklar bilan tanishish
✔️ Yangi yetkazib beruvchilarni topish va tender jarayonlarini soddalashtirish

📍 Manzil: Samarqand viloyati, Jomboy tumani, Dehqonobod MFY

📆 Bugun Samarqand viloyati Gʻaznachilik xizmati boshqarmasida navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🗣 Matbuot kotibi Janizakov Sardor hamda yoshlar yetakchisi Maxmudov Anvar tomonidan Samarqand viloyati Gʻaznachilik xizmati boshqarmasi komissiyasiga 2025-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi.

📌 Hisobotda quyidagi yo‘nalishlar yoritib o‘tildi: – Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat natijalari
– Aholi va tashkilotlar bilan kommunikatsion ishlar
– Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan tashabbuslar
– Ommaviy axborot vositalarida G‘aznachilik faoliyatining targ‘iboti

📈 Uchrashuv yakunida amalga oshirilgan ishlarga ijobiy baho berildi hamda keyingi chorak uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📆 Bugun Samarqand viloyati Gʻaznachilik xizmati boshqarmasida navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🗣 Matbuot kotibi Janizakov Sardor hamda yoshlar yetakchisi Maxmudov Anvar tomonidan Samarqand viloyati Gʻaznachilik xizmati boshqarmasi komissiyasiga 2025-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi.

📌 Hisobotda quyidagi yo‘nalishlar yoritib o‘tildi: – Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat natijalari
– Aholi va tashkilotlar bilan kommunikatsion ishlar
– Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan tashabbuslar
– Ommaviy axborot vositalarida G‘aznachilik xizmati faoliyatining targ‘iboti

📈 Uchrashuv yakunida amalga oshirilgan ishlarga ijobiy baho berildi hamda keyingi chorak uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgustdagi 241-sonli qaroriga muvofiq, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans to‘lashi mumkin bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati tasdiqlandi.

2021-yil 16-martdagi 139-sonli qaror bilan esa, qiymati 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan shartnomalarda 30 foizgacha oldindan to‘lov amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Biroq, bu tartib ilovada keltirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga nisbatan qo‘llanilmaydi.

👉🏻Batafsil ma'lumot: lex.uz/docs/1856110

📍 PROM PRO EXPO 2025 sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bugun Jomboy tumanida o‘z ishini boshladi!

📅 17-apreldan boshlab, ikki kun davomida — 17-18-aprel kunlari — Samarqand viloyati, Jomboy tumani, Dehqonobod MFYda mahalliy ishlab chiqaruvchilar va budjet tashkilotlari o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlik uchun imkoniyatlar yaratildi.

🎯 Tadbir maqsadi:
Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni targ‘ib qilish va ularni davlat tashkilotlari bilan bog‘lash orqali ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan to‘ldirish.

📌 Tadbir doirasida mavjud imkoniyatlar: ✔️ new.cooperation.uz portali orqali mahsulotlarni xarid qilish
✔️ Qurilish, oziq-ovqat, mebel, elektrotexnika va boshqa tarmoqlardagi yangiliklar bilan tanishish
✔️ Yangi yetkazib beruvchilarni topish, tender jarayonlarini yengillashtirish

🔔 Tadbirkorlar va tashkilotlar diqqatiga — bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!