Samarqand viloyati G'aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig'i O. Hamdamov ishtirokida Kattaqo'rg'on shahridagi budjet tashkilotlari mas'ul xodimlari va tadbirkorlar bilan "Davlat budjetining g'azna ijrosi" sohadagi yangiliklar bo'yicha navbatdagi davra suhbati bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Samarqand viloyati G'aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig'i O.Hamdamov, boshqarma boshlig'i o'rinbosari X. Ablaqulov, boshqarmaning Davlat xaridlarini rivojlantirish va monitoringi sho'basi boshlig'i R. Abdixakimov, Kattaqo'rg'on shahar G'aznachilik bo'limlari mas'ul xodimlari, budjet tashkiloti mas'ullari va tadbirkorlar qatnashdi. Uchrashuv davomida boshqarma boshlig'i O.Hamdamov tomonidan sohadagi yangiliklar to'g'risida axborot berildi. Bundan tashqari sohada yuzaga kelayotgan muammolar va savollar tinglanib ularga mutaxassislar tomonidan yechimlar berildi.‌‌

Маълумки, ўтган йиллар мобайнида мамлакатимизда давлат харидлари тизимининг шаффофлигини таъминлаш ҳамда уни янада такомиллаштириш ҳисобига давлат харидлари жараёнига тадбиркорлик субъектларини кенг жалб қилиш борасида салмоқли ишлар амалга оширилиб келинмоқда.
Самарқанд вилояти Ғазначилик хизмати бошқармасида вилоятимизда фаолият кўрсатаётган кичик тадбиркорлик субъектлари, маҳаллий ишлаб чиқарувчилар билан Иқтисодиёт ва молия вазирининг ўринбосари Гулнора Раҳимова бошчилигидаги мутахассислар гуруҳи иштирокида учрашув бўлиб ўтди.
Учрашувда тадбиркорларга Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан жорий йилнинг 10 июлида имзоланган “ДАВЛАТ ХАРИДЛАРИ ТИЗИМИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ВА УНДА КИЧИК ТАДБИРКОРЛИК СУБЪЕКТЛАРИ ИШТИРОКИНИ РАҒБАТЛАНТИРИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ ТЎҒРИСИДА”ги ПҚ-249 сонли қарори билан давлат харидлари тизимига киритилаётган янгиликлар, тадбиркорларга яратиладиган қулайликлар ва мазмун моҳияти бўйича тушунчалар берилди.

Samarqand viloyati G'aznachilik xizmati ma'sullari ishtirokida 2024-yil 15-avgust kuni Samarqand viloyat telvediniyasining jonli eferida "Ochiq muloqot" media tadbiri bo'lib o'tadi. Ushbu jonli eferda sizni qiynagan savollar va muammolarga yechimlar, G'aznachilik tizimidagi yangiliklar haqida xabardor bo'lasiz.

Samarqand viloyati G’aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig’i Hamdamov Oybek Aslonjonovichning 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tabrigi!

"Assalomu alaykum! Sizni 14-yanvar vatan himoyachilari kuni bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Vatanimizni har jabhada, tinchligiyu taraqqiyotiga g'ovlardan himoya qilishda o'z hissangiz bor.
Sizdek himoyachilari bor yurtda yashayotgan oilangiz va yaqinlaringizga tinch-totuvlik, mustahkam sog'lik tilayman!"

Samarqandda davlat xaridlari qonunchiligidagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

🔹2025-yil 17-yanvar kuni Samarqand viloyati G'aznachilik xizmati boshqarmasida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹Seminarda Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig‘i Hamdamov Oybek Aslonjonovich shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligidan Bo‘riyev Ma’ruf va Raximov Azizbek, davomida davlat buyurtmachilari va tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida ushbu mutaxassislar tomonidan qonunchilikdagi o‘zgarishlarning ahamiyati, ularning davlat xaridlari tizimiga ta’siri va amaliyotda qo‘llanilishi bo‘yicha batafsil ma’ruza qilindi.

🔹Seminar Samarqand viloyati davlat organlari vakillari, tadbirkorlar va fuqarolar o‘rtasida jonli muloqot va samarali axborot almashinuvi bilan yakunlandi.

📢 Samarqand viloyatida davlat xaridlari bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi

🔹 2025-yil 21-yanvar kuni Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasida Samarqand shahri, Bulung‘ur tumani, Jomboy tumani va Samarqand tumani tadbirkorlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

🔹 Seminarda quyidagi mutaxassislar ishtirok etishdi:

🔹Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ablaqulov Xaydar;
🔹Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazining Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi katta o‘qituvchisi Boltayev Sanjar ;
🔹O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi Samarqand filiali bosh mutaxassisi  Davrukov Xusniddin;
🔹"Xayot birja" bosh mutaxassisi Abdujabborov Muxtor.
🔹 Tadbir davomida davlat buyurtmalarida ishtirok etish tartib-taomillari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, shuningdek, elektron savdo tizimlari orqali ishtirok etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔹 Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashabbusi bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlagan kichik tadbirkorlik subyektlarini davlat xaridlarida faol ishtirok etishga undash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazildi.

🔹 Seminar davomida ishtirokchilarga davlat xaridlarida ishtirok etish tartib-taomillari, elektron savdo maydonchalaridan foydalanish imkoniyatlari va qonunchilikdagi o‘zgarishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

🔹 Mazkur seminar-treninglarda davlat xaridlari tizimidagi yangi imkoniyatlardan samarali foydalanishga oid ko‘rsatmalar berilib, tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

📌 Seminar-treningning asosiy maqsadi:
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlagan tadbirkorlarni davlat xaridlarida faol ishtirok etishga rag‘batlantirish va ularga ko‘maklashish.

➡️ Eslatma: Tayloq va Urgut tumani tadbirkorlari uchun seminar-trening 2025-yil 21-yanvar kuni soat 15:00 da tashkil etiladi.

📢 Samarqand viloyatida davlat xaridlari bo‘yicha navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi

🔹 2025-yil 21-yanvar kuni Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi tomonidan Urgut tumani va Tayloq tumani tadbirkorlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

🔹 Seminarda quyidagi mutaxassislar ishtirok etishdi:

🔹Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi "Davlat xaridlarini rivojlantirish va monitoringi sho'basi" boshlig'i Abdixakimov Rashid;