Yangiliklar

Samarqand viloyat moliya bosh boshqarmasi, Samarqand viloyati bo’yicha G‘aznachilik boshqarmasi hamda viloyat byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armalari xodimlari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yinining yakuniy final bosqichi o‘tkazildi.

Bugun Samarqand viloyat moliya bosh boshqarmasi, Samarqand viloyati bo’yicha G‘aznachilik boshqarmasi hamda viloyat byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armalari xodimlari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yinining yakuniy final bosqichi o‘tkazildi. Ushbu «Zakovat» o‘yinlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad moliya organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini, ma’naviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish, bu borada bilimli va salohiyatli xodimlarga iqtidorini namoyon etishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish, munosib ravishda rag‘batlantirish, shuningdek, ularda ilmni qadrlash, bilim olishga intilish kabi tushunchalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Murosasiz va hayajonli kechgan “Zakovat” o‘yinida viloyat byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi xodimlari jamoasi birinchi o‘rinni egallashdi.

29-Iyul, 2022-yil

Ma’naviy-ma’rifiy soati o'tkazildi!

Hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati bilan tanishsh maqsadida siyosiy ma'rifiy soati o'tkazild.

29-Iyul, 2022-yil

«Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunning mazmun-mohiyati bo‘yicha “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.

Bugun Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunning mazmun-mohiyati bo‘yicha viloyat Moliya bosh boshqarmasi, viloyat G‘aznachilik boshqarmasi va viloyat Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi xodimlari ishtirokida “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat xizmati rivojlantirish agentligi Samarqand filiali xodimi Sardor Muhammadiev hamda viloyat Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Orif Muhammadievlar tomonidan Qonunning mazmun va mohiyati, uning davlat fuqarolik xizmatini xalqni rozi qiladigan tizimga aylantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilarga qonunda belgilangan davlat fuqarolik xizmatchisining huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatlaridagi cheklovlar haqida ma’lumot berildi. Ishtirokchilar xodimlarni ishga qabul qilish, faoliyat samaradorligini baholash, rag‘batlantirish borasidagi savollarga ma’ruzachilar tomonidan atroflicha javob oldilar.

19-Avgust, 2022-yil

Avgust oyi xodimlar avansi to'lab berildi!

Samarqand viloyatidagi Respublika va viloyat mahalliy budjetlaridan mablag‘ oluvchi barcha budjet tashkilotlari xodimlarining avgust oyi ish haqisi uchun avans to‘lovlari to‘liq to‘lab berildi.

19-Avgust, 2022-yil

Avgust oyi ish haqi to‘lovlari to‘liq to‘lab berildi.

Samarqand viloyatidagi Respublika budjetlaridan mablag‘ oluvchi barcha budjet tashkilotlari xodimlarining avgust oyi ish haqi to‘lovlari to‘liq to‘lab berildi.

12-Sentabr, 2022-yil

Sentyabr oyi xodimlar avansi to'lab berildi!

Samarqand viloyatidagi Respublika va viloyat mahalliy budjetlaridan mablag‘ oluvchi barcha budjet tashkilotlari xodimlarining sentyabr oyi avans to‘lovlari to‘liq to‘lab berildi.

22-Sentabr, 2022-yil

Sentyabr oyi uchun ijtimoy nafaqalar to‘liq to‘lab berildi

Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi va uning tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan 2022-yilning sentyabr oyida ijtimoiy nafaqalarning moliyalashtirilishi

22-Sentabr, 2022-yil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech