Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasida 10-iyun kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan yig'ilish o'tkazildi!
Samarqand viloyatidagi budjet tashkilotlarining viloyat mahalliy budjetidan ish haqqi va unga tenglashtirilgan to'lovlari o'z vaqtida joriy oynig 15-20 sanalarida to'liq moliyalashtirildi.
Samarqand viloyatidagi budjet tashkilotlarining Respublika budjetidan ish haqqi va unga tenglashtirilgan to'lovlari ham o'z vaqtida joriy oyning 15-20 sanalarida to'liq moliyalashtirildi.
Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi va uning tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan 2022 yilning iyun oyida ijtimoiy nafaqalarning moliyalashtirilishi yakunlandi.
Samarqand viloyatidagi Respublika va viloyat mahalliy budjetlaridan mablag‘ oluvchi barcha budjet tashkilotlari xodimlarining avgust oyi ish haqi to‘lovlari to‘liq to‘lab berildi.
Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasida Prezident Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvida ilgari surilgan amaliy takliflar, “Zamonaviy media muhit. Davlat xizmatchilari va OAV muloqoti”, hamda “Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) mavzularida siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati tashkil etildi. Shuningdek, o‘quv soatida O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham ma’lumot berildi.
Samarqand viloyati bo'yicha g'aznachilik boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’sischisi budjet tashkilotlari bo‘lgan unitar korxonalarga g‘aznachilik orqali xizmat ko‘rsatishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 24.06.2022 yildagi 345-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ta’sischisi budjet tashkilotlari bo‘lgan unitar korxonalarga g‘aznachilik orqali xizmat ko‘rsatish tartiblari bo‘yicha seminar trening o‘tkazildi.