📍 BULUNG‘UR TUMANIDA SAYYOR QABUL: MUAMMOGA JOYIDA YECHIM! 📝
Bugun Bulung‘ur tumani G‘aznachilik xizmati bo‘limida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir fuqarolar, tashkilot vakillari hamda mutasaddi idoralar o‘rtasida ochiq va samarali muloqot maydoniga aylandi. 🤝
Qabulni Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig‘i Hamdamov Oybek Aslonjonovich boshchiligida o‘tkazildi.
🤝 Sayyor qabulda quyidagi mutasaddi rahbarlar ham ishtirok etdilar:
🔹 Davrukov Xusniddin Umarovich – O‘zbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi Samarqand filiali vakili
🔹 Shukurov Sherzod Mamarasulovich – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Axborot texnologiyalari markazi vakili
📌 Qabul davomida aholi murojaatlari tinglandi, dolzarb masalalarga yechim izlandi va mutasaddilar tomonidan amaliy tavsiyalar berildi.
🔎 Bunday tadbirlar – ochiq muloqot, halollik va samaradorlik asosidagi boshqaruvning muhim ifodasidir.