🟢 Jomboyda G‘aznachilik xizmati tizimidagi muammolar joyida hal etildi!
📍 Bugun, 22-aprel kuni Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig‘i Hamdamov Oybek Aslonjonovich boshchiligida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
🏢 Qabul Jomboy tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limida tashkil etilib, unda:
✅ budjet tashkilotlari rahbarlari,
✅ hisobchilar va mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.
🗣 Qabulda: 🔹 to‘lov hujjatlari bilan bog‘liq muammolar,
🔹 elektron tizimlardagi nosozliklar,
🔹 moliyaviy intizom masalalari muhokama qilindi.
✅ Har bir murojaat bevosita tinglanib, joyida hal etish chorasi ko‘rildi!
📊 Shuningdek, G‘aznachilik xizmati tizimida olib borilayotgan islohotlar, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha yangiliklar ishtirokchilarga tushuntirildi.
🤝 Sayyor qabul ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Tashkilotlar bilan bevosita muloqot samaradorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.