📢 Diqqat! Budjet tashkilotlari uchun muhim!

22-Aprel, 2025-yil

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgustdagi 241-sonli qaroriga muvofiq, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans to‘lashi mumkin bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati tasdiqlandi.

2021-yil 16-martdagi 139-sonli qaror bilan esa, qiymati 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan shartnomalarda 30 foizgacha oldindan to‘lov amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Biroq, bu tartib ilovada keltirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga nisbatan qo‘llanilmaydi.

👉🏻Batafsil ma'lumot: lex.uz/docs/1856110

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech