📢 DIQQAT: TADBIRKORLAR VA BUDJET TASHKILOTLARI UCHUN MUHIM E’LON!

📆2025-yil 17-18-aprel kunlari Samarqand viloyatining Jomboy tumanida “PROM PRO EXPO 2025” sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkaziladi.
🎯 Tadbirning asosiy maqsadi:
Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni budjet tashkilotlari bilan bog‘lab, ichki ehtiyojlarni qoplashda mahalliy ishlab chiqaruvchilar imkoniyatlaridan foydalanish.
📌 Tadbir doirasida quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
✔️ Mahsulotlarni new.cooperation.uz portali orqali xarid qilish imkoniyati
✔️ Qurilish, oziq-ovqat, mebel, elektrotexnika va boshqa tarmoqlardagi yangiliklar bilan tanishish
✔️ Yangi yetkazib beruvchilarni topish va tender jarayonlarini soddalashtirish
📍 Manzil: Samarqand viloyati, Jomboy tumani, Dehqonobod MFY