📢 Ishtixon tumanida tadbirkorlar uchun muhim seminar!

Bugun, 19-fevral Ishtixon tumanida tadbirkorlarni davlat xaridlarida faol ishtirok etishga ko‘maklashish maqsadida muhim seminar bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-dekabrdagi PQ-417-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilgan.
👤 Ishtirokchilar:
• Abduxakimov Rashid Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasining Davlat xaridlarini rivojlantirish va monitoringi sho’basi boshlig’i.
• Davrukov Husniddin O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi Samarqand filiali Elektron savdolar bo‘yicha mutaxassisi
✅ Seminar davomida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
• Davlat xaridlarida ishtirok etish imkoniyatlari
• Tovar-xomashyo birjasida qatnashish tartibi
• Mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari
Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan muhim ma’lumotlar beriladi va ishtirokchilarning savollariga javoblar taqdim etiladi.