Siyosiy marifat soati

📢Ayni vaqtda Samarqand viloyati G'aznachilik xizmati boshqarmasi xodimlari siyosiy-ma'rifiy soatida ishtirok etishmoqda.
📌 Ma'rifiy soat davomida xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining so‘nggi farmon va qarorlari, davlat boshqaruvi sohasidagi o‘zgarishlar hamda iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishlari bo‘yicha yangilangan ma’lumotlar bilan tanishdilar. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurash, davlat mablag‘laridan samarali foydalanish hamda shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💬 Siyosiy-ma'rifiy soati davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha fikr almashib, tegishli mutaxassislardan kerakli tushunchalar oldilar. Ma'lumki, bunday tadbirlar xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish bilan birga, ularning o‘z kasbiy faoliyatlarini yanada samarali olib borishlariga yordam beradi.
📺 Ushbu ma’rifiy soat tafsilotlarini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
🔗 https://www.youtube.com/watch?v=6k_vYfmSP_4