Samarqand viloyatida tadbirkorlar uchun navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi
📢 Samarqand viloyatida davlat xaridlari bo‘yicha navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi
🔹 2025-yil 21-yanvar kuni Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi tomonidan Urgut tumani va Tayloq tumani tadbirkorlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
🔹 Seminarda quyidagi mutaxassislar ishtirok etishdi:
🔹Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi "Davlat xaridlarini rivojlantirish va monitoringi sho'basi" boshlig'i Abdixakimov Rashid;
🔹Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazining Davlat budjetining g‘azna ijrosi kafedrasi katta o‘qituvchisi Boltayev Sanjar ;
🔹O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi Samarqand filiali bosh mutaxassisi Davrukov Xusniddin;
🔹"Xayot birja" bosh mutaxassisi Abdujabborov Muxtor.
🔹 Tadbir davomida davlat buyurtmalarida ishtirok etish tartib-taomillari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, shuningdek, elektron savdo tizimlari orqali ishtirok etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔹 Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashabbusi bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlagan kichik tadbirkorlik subyektlarini davlat xaridlarida faol ishtirok etishga undash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazildi.
🔹 Seminar davomida ishtirokchilarga davlat xaridlarida ishtirok etish tartib-taomillari, elektron savdo maydonchalaridan foydalanish imkoniyatlari va qonunchilikdagi o‘zgarishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
🔹 Mazkur seminar-treninglarda davlat xaridlari tizimidagi yangi imkoniyatlardan samarali foydalanishga oid ko‘rsatmalar berilib, tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
📌 Seminar-treningning asosiy maqsadi:
Nogironligi bo‘lgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlagan tadbirkorlarni davlat xaridlarida faol ishtirok etishga rag‘batlantirish va ularga ko‘maklashish.