Samarqandda davlat xaridlari qonunchiligidagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

21-Yanvar, 2025-yil

Samarqandda davlat xaridlari qonunchiligidagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

🔹2025-yil 17-yanvar kuni Samarqand viloyati G'aznachilik xizmati boshqarmasida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹Seminarda Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig‘i Hamdamov Oybek Aslonjonovich shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligidan Bo‘riyev Ma’ruf va Raximov Azizbek, davomida davlat buyurtmachilari va tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida ushbu mutaxassislar tomonidan qonunchilikdagi o‘zgarishlarning ahamiyati, ularning davlat xaridlari tizimiga ta’siri va amaliyotda qo‘llanilishi bo‘yicha batafsil ma’ruza qilindi.

🔹Seminar Samarqand viloyati davlat organlari vakillari, tadbirkorlar va fuqarolar o‘rtasida jonli muloqot va samarali axborot almashinuvi bilan yakunlandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech