Bugun Samarqand viloyati G'aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig'i O. Hamdamov ishtirokida Paxtachi tumanidagi budjet tashkilotlari mas'ul xodimlari va tadbirkorlar bilan "Davlat budjetining g'azna ijrosi" sohadagi yangiliklar bo'yicha navbatdagi davra suhbati bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Samarqand viloyati G'aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig'i O.Hamdamov, boshqarma boshlig'i o'rinbosari X. Ablaqulov, boshqarmaning Davlat xaridlarini rivojlantirish va monitoringi sho'basi boshlig'i R. Abdixakimov, Paxtachi tuman G'aznachilik bo'limlari mas'ul xodimlari, budjet tashkiloti mas'ullari va tadbirkorlar qatnashdi. Uchrashuv davomida boshqarma boshlig'i O.Hamdamov tomonidan sohadagi yangiliklar to'g'risida axborot berildi. Bundan tashqari sohada yuzaga kelayotgan muammolar va savollar tinglanib ularga mutaxassislar tomonidan yechimlar berildi.