Samarqand viloyati G'aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig'i O. Hamdamov ishtirokida Jomboy va Bulung'ur tumanlaridagi budjet tashkilotlari mas'ul xodimlari va tadbirkorlar bilan "Davlat budjetining g'azna ijrosi" sohadagi yangiliklar bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tdi.

12-Iyun, 2024-yil

   Uchrashuvda  Samarqand viloyati G'aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig'i O.Hamdamov, boshqarma boshlig'i o'rinbosari X. Ablaqulov, boshqarmaning Davlat xaridlarini rivojlantirish va monitoringi sho'basi boshlig'i R. Abdixakimov, Jomboy va Bulung'ur tuman G'aznachilik bo'limlari mas'ul xodimlari, budjet tashkiloti mas'ullari va tadbirkorlar qatnashdi. Uchrashuv davomida boshqarma boshlig'i O.Hamdamov tomonidan sohadagi yangiliklar to'g'risida axborot berildi. Bundan tashqari  sohada yuzaga kelayotgan muammolar va savollar tinglanib ularga mutaxassislar tomonidan yechimlar berildi.‌‌

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech