Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish, barchamizning burchimizdir” deb nomlangan tadbiri bo‘lib o‘tdi

11-Iyun, 2024-yil

   Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish, barchamizning burchimizdir”  deb nomlangan tadbiri bo‘lib o‘tdi, unda Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi, Samarqand viloyat Prokuraturasining katta prokurori Ulug‘bek Abdullaevich Tangirov hamda ZOOM platformasi orqali shahar va tuman G‘aznachilik xizmati bo‘limlarining barcha xodimlari ishtirok etdi.

   Tadbirda boshqarma boshlig‘i Oybek Aslonojonovich Hamdamov so‘zga chiqib, yig‘ilish ishtirokchilariga “Korrupsiya davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf ekanligi haqida” aytib, 2017-yil
3-yanvarda
34 ta moddadan iborat “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va 2024-yil 5-iyun kuni qabul qilingan 

33-moddadan iborat “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bayon qildi.

         Shuningdek, ushbu tadbirda Samarqand viloyat Prokuraturasining Iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi katta prokurori Ulug‘bek Abdullaevich Tangirov qatnashdi va korrupsiyaning davlat va jamiyatga qanchalik salbiy ta’sir etishi bo‘yicha o‘z-fikir va mulohzalarini bildirib o‘tdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech