Siyosiy (Ma’rifat) o‘quv soati

Ayni vaqtda Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy (Ma’rifat) o‘quv soati" bo‘lib o‘tmoqda.
Inson, uning haq huquqlari va baxt saodati davlat siyosati ana shu g‘oyaga tayanib ishlayotgan bir davrda davlat xizmatchilarining maʼnaviy siyosiy faolligini oshirish dolzarb hisoblanadi.
Shuni inobatga olib, Samarqand viloyati g‘aznachilik xizmati boshqarmasi xodimlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan barcha davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etiladigan "Siyosiy o‘quv soati"da ishtirok etishmoqda.
O‘quv soati davomida quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi:
-Mavzu: Davlat xizmatchilarining sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish hamda salomatligini asrash bo‘yicha zaruriy tavsiyalar
-Videolavha namoyishi: Davlat ramzlari-g‘urur va iftixorimiz
Ma’ruzachi: Guli Shayxova,
Toshkent tibbiyot akademiyasi kafedra mudiri, professor
-"Mutolaa vaqti” rukni
Shuningdek, o‘quv soatida O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ma'lumot berildi.