Siyosiy marifat soati

11-Mart, 2024-yil

   Ayni vaqtda Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy (Ma’rifat) o‘quv soati" bo‘lib o‘tmoqda.

   Inson, uning haq huquqlari va baxt saodati davlat siyosati ana shu g‘oyaga tayanib ishlayotgan bir davrda davlat xizmatchilarining maʼnaviy siyosiy faolligini oshirish dolzarb hisoblanadi.

   Shuni inobatga olib, Samarqand viloyati g‘aznachilik xizmati boshqarmasi xodimlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan barcha davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etiladigan "Siyosiy o‘quv soati"da ishtirok etishmoqda.

O‘quv soati davomida quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi:

-OAVda intervyu berishning o‘ziga xos jihatlari

-Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun “Maqsadni belgilashga salbiy ta’sir qiladigan 5 ta eski tushuncha”  hamda shoira Zulfiya xotirasiga bag‘ishlangan videolavha namoyishi

-"Mutolaa vaqti” rukni

-"Konstitutsiyaviy savodxonlik" rukni

   Shuningdek, o‘quv soatida O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ma'lumot berildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech