Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi tmonidan seminar trening tashkil qilindi.
Joriy yilning 25-iyun sanasida Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi tomonidan Prezident farmoni, hukumat qaror va qonunlari ijrosini so‘zsiz ta’minlash, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, viloyatdagi davlat organlari va tashkilotlari xo‘jalik faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sarhisobi, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlari, ularni oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan ofline va hududlar uchun online shakildagi seminar trening tashkil qilindi. Seminarda birinchi o‘rindagi masalalar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan vazifalar, O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi 684-sonli “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonuni mazmun mohiyati qatnashchilarga yetkazildi. Bundan tashqari xo‘jalik faoliyatida aniqlangan kamchiliklar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan aniqlangan davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portaliga Samarqand viloyatidagi budjet buyurtmachilari tomonidan joylashtirilgan tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi e’lonlarida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar yuzasidan ularga kamchiliklarning kelib chiqish sabablari va ularni oldini olish uchun ish faoliyatini qanday yuritish kerakligi tushuntirib o‘tildi.