Siyosiy, manaviy va ma’rifiy soati bo‘lib o‘tdi
Davlat xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy (Ma’rifat) o‘quv soati" bo‘lib o‘tdi.
Inson, uning haq huquqlari va baxt saodati davlat siyosati ana shu g‘oyaga tayanib ishlayotgan bir davrda davlat xizmatchilarining maʼnaviy siyosiy faolligini oshirish dolzarb hisoblanadi.
Shuni inobatga olib, Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi xodimlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan barcha davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan "Siyosiy o‘quv soati"da ishtirok etishdi.
▫️ O‘quv soati davomida quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi:
Mavzu: Xalqchil Davlat dasturi — rivojlanishning yangi bosqichi
Suhbatdosh: Xasanov Otabek Abdurashidovich
Mavzu: Tashkilotlarda inson resurslarini samarali boshqarish(HRM) jarayonini tashkil etish
▫️“Mutolaa vaqti” rukni
Shuningdek, o‘quv soatida O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ma'lumot berildi.