Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.
2021-yil 25-fevral hamda 18-mart kunlari Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi binosida, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2020-yildagi mamlakat yoshlari bilan uchrashuvida “Yoshlarga oid davlat siyosati” ni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi “оchiq eshiklar” kuni tashkil etildi. Tadbirda Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talaba-yoshlari ishtirok etdi. Dastlab ishtirokchilar uchun boshqarma bo‘limlari tanishtirib o‘tildi. Jumladan, yoshlar boshqarmaning “Moliyaviy majburiyatlarning ijrosi guruhi”, “Davlat xaridlarini rivojlantirish va monitoringi bo‘limi” faoliyati, vazifasi va mijozlarga ko‘rsatadigan xizmat turlari bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng, ma’naviyat xonasida boshqarmaning mas’ul xodimlari va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv qizg‘in bahs munozaralarga boy tarzda tashkil qilindi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.