Bugun ta’sischisi budjet tashkilotlari bo‘lgan unitar korxonalarning bosh hisobchilari uchun davlat xaridlari hamda g‘azna ijrosi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun mohiyati bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 iyundagi “Ta’sischisi budjet tashkilotlari bo‘lgan unitar koxonolarga g‘aznachilik orqali xizmat ko‘rsatishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 345-sonli qarorining mazmun mohiyatini ochib berish hamda ta’sischisi budjet tashkilotlari bo‘lgan Unitar korxonalarga g‘aznachilik orqali xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berish maqsadida seminar trening tashkil qilindi
Ushbu o‘quv seminarida mutaxassislar: Samarqand viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi Davlat xaridlarini rivojlantirish va monitoringi bo‘limi bosh inspektori Janizakov Sardor va boshqarmaning Moliyaviy majburiyatlarini ijrosi guruxi boshlig‘i Jamol Umarov, “O‘zRXTB” AJ Samarqand filiali Hisob kitob kliring palatasi mutuxasisi Qurbonov Jasur, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Axborot texnolagiyalari markazi Budjet tashkilotlarining faoliyatini raqamlashtirish va muvofiqlashtirish bo‘limi, Hududlardagi budjet tashkilotlarining faoliyatini raqamlashtirish va muvofiqlashtirish guruxi 1-toifali mutaxasisi Shukurov Sherzod Mamarasulovich hamda Samarqand viloyati Qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markazi bo‘lim boshlig‘i Suyunov Alyor tomonidan taqdimotlar namoyish etildi va seminarda ishtirok etgan davlat unitar korxonalarining tegishli mas’ullari tomonidan berilgan savollarga tushuntirishlar berildi.