Moliya vaziri o‘rinbosari O.Isakov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari huzurida 2022-yil 6-dekabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 22-sonli bayoni 22-bandida berilgan topshiriqqa muvofiq Samarqand viloyatini o‘rgandi

Ishchi guruh tomonidan 2022-yil 21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari huzurida 2022 yil 6-dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 22-sonli bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatida ijtimoiy soha muassasalarining kuz-qish davrida faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha viloyatda tashkil qilingan Moliya bosh boshqarmasi, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, G‘aznachilik, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi boshqarma boshliqlari hamda tuman (shahar) moliya, g‘aznachilik, pensiya jamg‘armasi bo‘limlari boshliqlaridan iborat shtab faoliyati o‘rganildi. 1. Viloyatda jami 2 870 ta byudjet tashkilotlari mavjud bo‘lib, shundan ishchi guruh tomonidan o‘rganish jarayonida 29 tasining faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Faoliyat yuritayotgan 1 267 ta umumta’lim maktab, 746 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda MTT deb yuritiladi), 329 ta sog‘liqni saqlash muassasasi (keyingi o‘rinlarda SSM deb yuritiladi), 74 ta o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va 29 ta boshqa ta’lim muassasalari hamda boshqa byudjet tashkilotlari mavjud. Ishchi guruh tomonidan 1 hafta davomida jami 1 798 ta ob’ektlarning isitish tizimi o‘rganildi. Jumladan, 1002 taumumta’lim maktabi, 570 ta MTT, 136 ta SSM va 90 ta boshqa byudjet tashkiloti va muassasalari. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun viloyat hokimligi zahira jamg‘armasidan farmoyishlarga asosan 7 ta tumanga 2 211,0 mln.so‘m, 3 ta tumanga daromadlarning rejadan oshgan qismi hisobidan 731,5 mln.so‘m jami 2942,5 mln so‘m mablag‘lar ajratildi. O‘rganishda mavjud foydalanishdagi 225 ta siqilgan gazga moslashtirilgan maxsus tez tibbiy mashinalari benzin yoqilg‘isiga o‘tkazilganligi sababli yil yakuniga qadar qo‘shimcha talab etiladigan 30 tonna benzin yoqilg‘isi uchun 492,7 mln so‘m mablag‘ ajratildi. Ishchi guruh tomonidan 2022 yil 21-dekabr kuni quyidagi byudjet tashkilotlariga borib o‘rganildi. Pastdarg‘om tumanida joylashgan 51-sonli umumta’lim maktabida qish mavsumida binolarni isitish tizimi ishlashi o‘rganildi. Ushbu ta’lim muassasasida 470 o‘quvchi 2 smenada ta’lim olmoqda. O‘rganish davomida o‘quv binolarida sinfxonalarning harorati belgilangan me’yorlarda ekanligi aniqlandi. Binolarga jami 4 dona KOK rusumdagi tejamkor qozon (kotyol) o‘rnatilgan, gaz bosimi me’yorda. Maktab direktori bilan o‘tkazilgan suhbatda shtab bilan aloqa o‘rnatilganligi va biriktirilgan rahbarlar muntazam xabar olayotganini, muammo aniqlanganda shtabga murojaat qilinishini ma’lum qildi. Pastdarg‘om tumanida joylashgan 14-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida binolarni isitish tizimi ishlashi o‘rganildi. Ushbu ta’lim muassasasida 100 nafar bolalar tarbiyalanmoqda. O‘rganish davomida muassasa binolari harorati belgilangan me’yorlarda ekanligi aniqlandi. Binoda 2 ta KOK rusumdagi tejamkor qozon (kotyol) o‘rnatilgan, gaz bosimi me’yorda. Oqdaryo tumanida joylashgan 39-sonli umumta’lim maktabida qish mavsumida binolarni isitish tizimi ishlashi o‘rganildi. Ushbu ta’lim muassasasida 585 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. O‘rganish davomida o‘quv binolarida sinfxonalarning harorati o‘rtacha darajada ekanligi. Gaz bosimi ham o‘rtacha darajada ekanligi aniqlandi. Maktab direktori bilan o‘tkazilgan suhbatda imkon qadar gaz bosimini ko‘tarishga yordam so‘raldi. Ushbu masala yuzasidan hududgazning Oqdaryo tuman filiali bilan ko‘rib chiqilib, ijobiy hal qilish choralari ko‘rildi. Oqdaryo tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialida qish mavsumida binolarni tayyorgarlik ishlari o‘rganildi. Ushbu oliy ta’lim muassasasida 1500 nafar talab ta’lim olmoqda. O‘rganish davomida o‘quv binolarida sinfxonalarning harorati o‘rtacha darajada ekanligi aniqlandi. Oliy ta’lim muassasining binosiga 6 ta AKOT rusumdagi tejamkor qozon (kotyol) o‘rnatilgan Gaz bosimi ham o‘rtacha darajada ekanligi aniqlandi. Ta’lim muassasasisining ishlar boshqarmasi boshlig‘i bilan o‘tkazilgan suhbatda imkon qadar gaz bosimini ko‘tarishga yordam so‘raldi. Ushbu masala yuzasidan Hududgazning Oqdaryo tuman filiali bilan ko‘rib chiqilib, ijobiy hal qilish choralari ko‘rildi. Oqdaryo tumani joylashgan Dahbed oilaviy poliklinikasida binolarni isitish tizimi ishlashi o‘rganildi. Poliklinikada 2 ta AKOT rusumdagi tejamkor qozon (kotyol) o‘rnatilgan, gaz bosimi me’yorida. Binoda harorat 20-22 darajada ekanligi aniqlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi PQ-408-son qarori ijrosi bo‘yicha 2022 yil 21-dekabr kuni Samarqand shahri, Samarqand tumani va Pastdarg‘om tumanidagi ob’ektlariga tashrif buyurilib qaror ijrosi borishi joyida o‘rganildi. Samarqand shahar Qo‘rg‘oncha mahallasidagi 78 MTM binosini to‘liq qayta ta’mirlash bo‘yicha "YANGI ZAMON PROJEKT" MChJ tashkiloti bilan 2022 yil 16-noyabrda 15 300,0 ming so‘mga shartnoma tuzilgan va 28-noyabrda bajariladigan loyiha ishlari uchun to‘liq 15300,0 ming so‘m to‘lovlar o‘tkazib berilgan. Loyiha bo‘yicha 78 MTM binosini to‘liq qayta ta’mirlash rejalashtirilgan. Loyiha amalga oshirilishi bilan 160 ta tarbiyalanuvchiga munosib sharoitlarda tarbiyalanish imkoniyati yaratiladi. Ob’ektning eskpertiza summasi 589 764,6 ming. so‘m etib belgilangan. shaffof qurilish platformasi orqali “Tolib bobo AKT” X/K 54 kunda bajarish sharti bilan 560 276,3 ming so‘mga tanlov g‘olibi bo‘lgan. 2022 yil 9-dekabrda g‘olib tashkilot o‘rtasida 560 276,3 ming so‘mga shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilib, 30 foiz 160 082,9 ming so‘m avans 15-dekabrda to‘lab berilgan. Obektda demontaj ishlari va beton yo‘laklar quyish hamda bolalar ayvonchasini qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Samarqand tumani Qaynama MFY da jami 8 ta ko‘chada oqava suv (kanalizatsiya) qurilishi bo‘yicha “Ta’mirloyixa” MChJ tashkiloti bilan 2022 yil 17-noyabrda 22 275,0 ming. so‘mga shartnoma tuzilgan va 18-noyabrda bajariladigan loyiha ishlari uchun 30% avans 6682,5 ming so‘m to‘lovlar o‘tkazib berilgan. Loyiha bo‘yicha 3 km kanalizatsiya tarmog‘i tortish rejalashtirilgan. Loyiha amalga oshirilishi bilan 511 ta xonadon kanalizatsiya tizimiga ulanib, 2760 nafar fuqaroning turmush darajasi yaxshilanadi. Ob’ektning eskpertiza summasi 1 400 878,4 ming. so‘m etib belgilangan. shaffof qurilish platformasi orqali “Shoxrux qurilish dizayn” MChJ 54 kunda bajarish sharti bilan 1 330 834, 4 ming so‘mga tanlov g‘olibi bo‘lgan. 2022 yil 9-dekabrda g‘olib tashkilot o‘rtasida 1 330 834, 4 ming so‘mga ming so‘mga shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilib, 262 860,0 ming so‘m avans to‘lab berilgan. Obektda 200 metr transheya qazish ishlari bajarilib polietilen quvurlar montaj qilingan. Qurilishda 2 ta ekskovator va 6 ta ishchilar ishlamoqda. Pastdarg‘om tumani "Kamolot" MFYda 1 dona suv minorasi qurish va ichimlik suvi tarmog‘i tortishi bo‘yicha: “Maroqand Bunyodkor Qurilish” MChJ tashkiloti bilan 2022 yil 15-noyabrda 2204,0 ming. so‘mga shartnoma tuzilgan va 2 -dekabrda bajariladigan loyiha ishlari uchun 30% avans 661,2 ming so‘m to‘lovlar o‘tkazib berilgan. Loyiha bo‘yicha 1 ta suv minorasi va suv nasosi qurilishi hamda 1 km suv tarmog‘i tortish rejalashtirilgan. Loyiha amalga oshirilishi bilan 60 ta xonadon toza ichimlik suvi ta’minoti tizimiga ulanib, 408 nafar fuqaroning suv ta’minoti yaxshilanadi Ob’ektning eskpertiza summasi 817 687, 1 ming. so‘m etib belgilangan. Shaffof qurilish platformasi orqali "Tolib bobo akt X/K " 108 kunda bajarish sharti bilan MChJ 776 802,7 ming so‘mga tanlov g‘olibi bo‘lgan. 2022 yil 9-dekabrda g‘olib tashkilot o‘rtasida 776 802,7 ming so‘mga ming so‘mga shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan, avans mablag‘iga 40000,0 ming so‘m to‘lab berilgan. Obektda 300 metr transheya qazish ishlari bajarilib, nasos qudug‘i uchun burg‘ilash amalga oshirilmoqda. Hududiy ishchi guruhi rahbari tomonidan biriktirilgan mas’ul rahbarlar bilan birgalikda kunlik aniqlangan muammolar va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda samarali ishlarni tashkil qilinishi nazoratga olindi.