Samarqand viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi tizimida davlat fuqarolik xizmatiga ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish amaliyoti to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali bilan Samarqand viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi o‘zaro hamkorlikda viloyat G‘aznachilik boshqarmasi tizimidagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish uchun tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida o‘zaro kelishuv imzolangan edi. Mazkur kelishuvga asosan Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘yicha G‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i vakant lavozimi uchun 2020 yil 19 dekabrdan 2021 yil 2 yanvar kunlari davomida rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlarda ochiq eʼlonlar berildi. Mazkur vakant lavozim uchun arizalar vacancy.argos.uz sayti orqali qabul qilinib, eʼlon davomida jami 6 nafar nomzodlardan arizalar kelib tushdi. Saralashning dastlabki jarayonida nomzodlar malaka talabi bo‘yicha saralanib, 3 nafari malaka talabi bo‘yicha ajratib olindi. Malaka talabiga javob bergan nomzodlar saralashning navbatdagi bosqichida test.argos.uz sayti orqali nazariy bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Saralashning ushbu bosqichida 2 nafar nomzod testdan o‘tish bali, yaʼni 55 balldan yuqori to‘play olmaganliklari sababli keyingi bosqichga o‘tkazilmadi. Saralashning yakuniy bosqichiga qolgan 1 nafar nomzod bilan suhbat jarayoniga qatnashish uchun tavsiya etildi.