Moliya vaziri o‘rinbosari O.Isakov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari huzurida 2022-yil 6-dekabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 22-sonli bayoni 22-bandida berilgan topshiriqqa muvofiq Samarqand viloyatini o‘rgandi

15-Dekabr, 2022-yil

Moliya vaziri o‘rinbosarlarini hududlarga biriktirish va joyiga chiqish grafigi Moliya vaziri tomonidan tasdiqlandi. 2022-yil 13-dekabr kuni grafik bo‘yicha biriktirilgan hududlarga chiqqan holda budjet muassasalaridagi moliyalashtirish holati, istemolchilarga energiya resurslarini yetkazib berishda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, budjet tashkilotlarida energiya resurslarini tejash va sarfini qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida o‘rganishlar o‘tkazildi. Ishchi guruh rahbari tomonidan ZOOM orqali hududlarda tashkil etilgan shtab a’zolari, ijtimoiy soha rahbarlari (xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim) hamda kommunal soha vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari huzurida 2022-yil 6-dekabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 22-sonli bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha tushuntirish berildi. Ishchi guruh rahbari tomonidan 2022-yil 13-dekabr kuni shaxsan tashrif buyurib, shtab a’zolari bilan joylardagi muammolar o‘rganildi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi PQ-408-son qarori ijrosi bo‘yicha Jomboy tumani A.Qurbanov mahallasida ichki yullar, Tayloq tuman Xoncharbog‘ mahallasida suv inshooti va tarmoq tortish bo‘yicha hamda Samarqand tuman Ko‘saxo mahallasidagi A.Rajabov, A.Marupov va X.G‘iyosov ichki ko‘chalarni asfalt qilish ishlari bilan tanishib, tegishli topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, Samarqand shahrida joylashgan 62-sonli aqli zaif bolalar maktab internatida, Samarqand shahrida joylashgan 3-sonli tug‘ruq majmuasi, Jomboy tumani tibbiyot birlashmasi, Jomboy tumanida joylashgan 40-sonli umumta’lim maktablarida qish mavsumida binolarni isitish tizimlari bilan tanishib, ma’sullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech