9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

7-Dekabr, 2022-yil

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlanmoqda. Ushbu kunda BMTning “Korrupsiyaga qarshi konvensiya”ni tan olgan, a’zosi hisoblangan davlatlarda turli tadbirlar va aksiyalar uyushtiriladi, tarqatma materiallar chop etiladi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasidagi axborotlar faollashadi. Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi tomonidan ham g‘aznachilik tizimida O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarga muvofiq, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, qonunchilik, xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalarga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bugun viloyat moliya bosh boshqarmasi majlislar zalida Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi va viloyat moliya bosh boshqarmasi boshqarmalari xodimlari ishtirokida “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda qatnashgan jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi raisi o‘rinbosari Begzod Jumaboev yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amaliyotga tatbiq etilgan huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, korrupsiyani oldini olish va unga chek qo‘yishga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi vazifalar xususida so‘z yuritdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech