8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
Yurtimizda huquqiy demokratik va ochiq fuqarolik jamiyati, xalqimiz uchun obod va farovon hayot barpo etish, xalqaro maydonda o‘zimizga munosib o‘rin egallashda asosiy Qonunimiz mustahkam zamin bo‘lib kelmoqda. Konstitutsiya – biz uchun nafaqat muhim hayotiy qo‘llanma, balki g‘urur-iftixor, kerak bo‘lsa, shu zaminda istiqomat qilayotgan, millati, tili, dinidan qat’iy nazar, barcha insonlar uchun mustahkam bir himoya. Bu yil yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi barcha o‘quv dargohlari, tashkilot va muassasalarda keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan viloyat moliya bosh boshqarmasi majlislar zalida Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi va viloyat moliya bosh boshqarmasi xodimlari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Samarqand viloyati bo'yicha g'aznachilik boshqarmasi Axborot xizmati.