Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi
3-noyabr kuni Samarqand viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi majlislar zalida Samarqand viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi xodimlari, shahar va tuman bo‘linmalari xodimlari hamda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi ishtirokida mazkur qaror ijrosi yuzasidan “Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda ishtirok etgan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand filiali xodimi Sardor Muhammadiev va boshqa mas’ul shaxslar har bir mutaxassis faoliyatida amal qiladigan prinsiplar, ishdan tashqari vaqtda xulq-atvori, davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish, kasbiga sadoqat va halollik, xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish va davlat xizmatchisining boshqa muhim jihatlari haqida ma’lumotlar berildi.