21-oktabr Oʻzbek tili bayramiga bagʻishlangan bayram dasturi oʻtkazildi
Ona tili – bu millatning ruhidir. Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʻnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. 1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash boʻyicha "Davlat tili toʻgʻrisida"gi Qonun qabul qilinib, unga koʻra Oʻzbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi. Shu munosabat bilan Samarqand viloyati boʻyicha gʻaznachilik boshqarmasida 21-oktabr Oʻzbek tili bayramiga bagʻishlangan bayram dasturi oʻtkazildi. Unga Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi o'qituvchisi Xoʻjamqulov Anvar ishtirok etib, dunyodagi tillar haqida, bugungi kunda yoʻqolib borayotgan tillar va oʻzbek tilining hozirgi holati haqida tinglovchilarga maʻlumotlar ulashdi. Tadbir soʻngida barcha ishtirokchilarga boshqarma tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.