Davlat xaridlari bo‘yicha seminar trening o‘tkazildi!
22-sentyabr kuni Samarqand viloyatida Davlat xaridlari elektron tizimiga joriy qilingan yangiliklarni davlat buyurtmachilari va tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazish hamda tadbirkorlik sub’ektlarini davlat xaridlariga keng jalb qilish maqsadida seminar trening o‘tkazildi. Ushbu seminar treningda, Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi va Respublika tovar va xomashyo birjasi Samarqand filiyali elektron savdolar bo‘yicha mutaxasisslari, g‘aznachilik boshqarmasi hamda uning hududiy tuman va shahar g‘aznachilik bo‘linmalari xodimlari, viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari va budjet tashkilotlaridan vakillar ishtirok etishdi. Seminar trening so‘ngida tadbirkorlar va budjet tashkilotlari vakillari mutaxassislarga sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Tizimda vujudga kelayotgan texnik va boshqa turdagi muammolar yuzasidan fikrlar almashinildi.