Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasida 2020-yil yakunlari bo‘yicha davra suhbati.
2020-yil 28-dekabr kuni Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasida boshqarma boshlig‘i, boshqarmaning hamda tuman shaharlar g‘aznachilik bo‘linmalari xodimlari ishtirokida 2020-yil yakuni munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i O. A. Hamdamovning boshqarma xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigi tinglandi. Yangi yilda yangicha shukuh, yangicha qarashlar, va yangi g‘oyalar bilan ish faoliyatimizni davom ettirishimiz kerakligi takidlab o‘tildi. Xodimlarning yil davomida olib borgan samarali faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari o‘z egalariga topshirildi.