«Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunning mazmun-mohiyati bo‘yicha “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.

19-Avgust, 2022-yil

Bugun Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunning mazmun-mohiyati bo‘yicha viloyat Moliya bosh boshqarmasi, viloyat G‘aznachilik boshqarmasi va viloyat Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi xodimlari ishtirokida “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat xizmati rivojlantirish agentligi Samarqand filiali xodimi Sardor Muhammadiev hamda viloyat Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Orif Muhammadievlar tomonidan Qonunning mazmun va mohiyati, uning davlat fuqarolik xizmatini xalqni rozi qiladigan tizimga aylantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilarga qonunda belgilangan davlat fuqarolik xizmatchisining huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatlaridagi cheklovlar haqida ma’lumot berildi. Ishtirokchilar xodimlarni ishga qabul qilish, faoliyat samaradorligini baholash, rag‘batlantirish borasidagi savollarga ma’ruzachilar tomonidan atroflicha javob oldilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech