Samarqand viloyat moliya bosh boshqarmasi, Samarqand viloyati bo’yicha G‘aznachilik boshqarmasi hamda viloyat byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armalari xodimlari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yinining yakuniy final bosqichi o‘tkazildi.

29-Iyul, 2022-yil

Bugun Samarqand viloyat moliya bosh boshqarmasi, Samarqand viloyati bo’yicha G‘aznachilik boshqarmasi hamda viloyat byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armalari xodimlari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yinining yakuniy final bosqichi o‘tkazildi. Ushbu «Zakovat» o‘yinlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad moliya organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini, ma’naviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish, bu borada bilimli va salohiyatli xodimlarga iqtidorini namoyon etishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish, munosib ravishda rag‘batlantirish, shuningdek, ularda ilmni qadrlash, bilim olishga intilish kabi tushunchalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Murosasiz va hayajonli kechgan “Zakovat” o‘yinida viloyat byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi xodimlari jamoasi birinchi o‘rinni egallashdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech