🏆 Samarqandda “Rais kubogi – 2025” futbol musobaqasi bo'lib o'tdi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi tomonidan an’anaviy tarzda tashkil etiladigan “Rais kubogi” futbol musobaqasi joriy yilda ham yuqori saviyada o‘tkazildi. Turnir 2025-yil 20-21-sentabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Markaziy apparat, Toshkent shahri, Xorazm, Jizzax, Samarqand, Andijon, Navoiy va Surxandaryo viloyatlari jamoalari ishtirok etishdi. Jamoalar ikki guruhga bo‘lingan holda kurash olib borishdi.
⸻
Guruh bosqichi
1-guruh natijalari:
• Markaziy aparat – Xorazm: 7:1
• Toshkent – Jizzax: 1:3
• Markaziy aparat – Jizzax: 5:1
• Xorazm – Toshkent: 0:5
• Markaziy aparat – Toshkent: 3:0
• Jizzax – Xorazm: 3:3
➡️ Yakun: 1-o‘rin – Markaziy aparat, 2-o‘rin – Jizzax.
2-guruh natijalari:
• Samarqand – Navoiy: 4:0
• Andijon – Surxandaryo: 0:0
• Samarqand – Andijon: 1:0
• Surxandaryo – Navoiy: 1:1
• Samarqand – Surxandaryo: 3:0
• Andijon – Navoiy: 2:1
➡️ Yakun: 1-o‘rin – Samarqand, 2-o‘rin – Andijon.
⸻
Yarim final
• Markaziy aparat – Andijon: 1:0
• Samarqand – Jizzax: 3:1
⸻
Uchinchi o‘rin uchun bahs
Andijon va Jizzax jamoalari jarohatlar tufayli to‘liq o‘yin o‘tkazishmadi. G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi va Andijon 4:3 hisobida ustun kelib, bronza medallariga ega chiqdi.
⸻
Final
Hal qiluvchi bahs Markaziy aparat va Samarqand viloyati jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Asosiy vaqt keskin kurashlarga boy tarzda 3:3 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida 4:3 hisobida g‘alaba qozongan Markaziy aparat jamoasi “Rais kubogi – 2025” chempioniga aylandi.
⸻
Yakuniy natijalar
🥇 Markaziy aparat – Chempion
🥈 Samarqand viloyati – 2-o‘rin
🥉 Andijon viloyati – 3-o‘rin
⸻
📌 Ushbu turnir futbol ixlosmandlari uchun unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. Jamoalar o‘z mahoratlarini namoyish etib, do‘stlik va hamjihatlik muhitida kurash olib borishdi.