📚✨ Navbatdagi iqtisodiy o‘qish – yangicha ruhda!
Bugun Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasida iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi.
📌 Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qarori — “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
🎤 Ma’ruzachi: boshqarmaning yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish sho‘basi yetakchi mutaxassisi S. Janizakov.
Ma’ruzada qarorning mazmun-mohiyati 📝, davlat xaridlarida shaffoflik 🔍 va samaradorlik ⚖️ni ta’minlashdagi ahamiyati hamda amaliy qo‘llanishi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
💡 Iqtisodiy o‘qish nafaqat bilim almashish, balki hamkasblar o‘rtasida yangi g‘oya va fikrlarni uyg‘otuvchi maydonga aylandi. 🌱🤝