📌 SUHBAT SAVOLLARI

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi suhbat savollari quyidagi uch yo‘nalishga bo‘lingan:
1.Davlat xaridlari bo‘yicha
- Davlat moliyaviy nazorati nima va uning amalga oshirish shakllarini sanab bering
- Yuridik va moliyaviy majburiyatlar nima?
- Davlat moliyaviy nazoratining turlarini sanab bering?
- G‘aznachilik xizmati bo‘limlari tomonidan qaysi nazorat turlar amalga oshiriladi?
- Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunga muvofiq qanday shartnomalar tuzilishida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» davlat unitar korxonasining xulosasi olinishi lozim?
- Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunning 30-moddasida nechta xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari keltirilgan?
- Buyurtmachilarning shartnomalar tuzmasdan qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik majburiyatlar yuzaga kelishini tasdiqlovchi hujjatlari (schyotlar, kvitansiyalar, xabarnomalar va boshqa hujjatlar) asosida qabul qilinadigan yuridik majburiyatlarining ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish qanday hollarda amalga oshiriladi?
- Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun qachon qabul qilingan?
- Davlat fuqarolik xizmati lavozimlari qanday lavozim guruhlaridan iboratdir?
- Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining yordamchi va boshqaruv guruhlarining nechta malaka darajalari mavjud?
- G‘aznachilik bo‘linmasi davlat ijrochisining qarori olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda qanday ishlarni amalga oshiradi?
- Kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomilini amalga oshirish mezonlari qanday?
- Davlat xaridlari sohasi qaysi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi?
- Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ kim va u qanaqa vakolatlarga ega?
- Davlat xaridlarining asosiy prinsiplarini tushuntirib bering
- Davlat buyurtmachilari deganda kimlar tushuniladi?
- Davlat xaridlari turlari va mezonlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot bering
- Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari kimlar va ularning bir-biridan farqi nimalardan iborat?
- Davlat xaridlariga oid qonunchilikni buzganlik uchun qanaqa javobgarlik belgilangan?
- Davlat xaridlarda ishtirokchilar uchun preferensiyalar berish ko‘zda tutilganmi? Boshqa xorijiy davlatlarda mavjudmi?
2️.Moliyaviy resurslarni boshqarish, likvidlikni ta’minlash va prognozlashtirish bo‘yicha
- Sofr-stavkasi haqida ma’lumot bering
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlatning bo‘sh valyuta mablag‘larini boshqarish tartibi nimlardan iborat?
- Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi qaysi normativ hujjat orqali amalga oshiriladi?
- Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari nima?
- Moliya tashkilotlari aktivlari deganda nima nazarda tutiladi?
- Moliya tashkilotlarida aktivlar qanday boshqariladi?
- Aktivlar sifat ko‘rsatkichi bo‘yicha qanday turlarga bo‘linadi?
- Likvid aktivlar va nolikvid aktivlar farqi?
- Moliya tashkilotlari majburiyatlari shakllanish manbalari qaysilar?
- Kafolat jamg‘armasi mablag‘larini xarajat qilish tartibini tushuntiring
- Davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar bo‘yicha qarzdorliklar qanday hollarda davlat byudjeti tomonidan qoplanadi?
- Kafolat jamg‘armasi hisobotlari yuritilishi bo‘yicha nimalarni bilasiz?
- Kafolat jamg‘armasining bo‘sh turgan mablag‘laridan qanday tartibda foydalanish mumkin?
- Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni tijorat banklariga depozitga joylashtirish tartibi qaysi normativ-huquqiy hujjat bilan belgilangan?
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki haqida tushuncha?
- Tijorat banklarining depozitlariga vaqtincha bo‘sh mablag‘larni joylashtirishda tijorat banklariga qo‘yiladigan asosiy talablar?
- Tijorat banklari tomonidan auksionda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati?
- Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni tijorat banklariga depozitga joylashtirishdan oldin Markaziy bank bilan kelishiladi. Buning sababi nimada?
- Auksionda g‘olib qanday belgilanadi?
- Davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar, shuningdek, byudjet tashkilotlari qancha muddatga depozitga joylashtirish mumkin?
- Bankning likvidliligi nima?
- Ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan mablag‘larni qaytarish tartibini tushuntiring?
- Noto‘g‘ri yoki ortiqcha to‘langan mablag‘larni qaytarish uchun elektron yuborilgan topshiriqnomalar dasturda tasdiqlangandan so‘ng nechi ish kunida qaytadi?
- Byudjet tizimi byudjetlari to‘g‘risida tushuncha bering?
- Davlat byudjeti pul mablag‘larini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish bo‘yicha hujjat shakllarini taqdim etish qaysi tartibda belgilangan?
- “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunning asosiy vazifalari nimadan iborat?
- Aylanma kassa mablag‘i me’yori qanday mablag‘lardan iborat?
- Byudjet jarayoni nimalarni o‘z ichiga oladi?
- Byudjet tizimi byudjetlarining chet el valyutasidagi mablag‘lariga G‘aznachilik tomonidan YaVG‘Hdan foydalangan holda qanday xizmat ko‘rsatiladi?
- Moliya vazirligining chet el valyutasi yoki milliy valyutadagi mablag‘larini konvertatsiya qilish va to‘lovlar qanday tartibda amalga oshiriladi?
- Qonun hujjatlariga muvofiq byudjet tizimi byudjetlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan chet el valyutasida to‘lanadigan to‘lovlarni qabul qilish uchun shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini ochish va yopish qaysi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi?
- “O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining chet el valyutasidagi mablag‘larini samarali boshqarish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qachon qabul qilingan?
- O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari chet el valyutasidagi mablag‘larining g‘azna ijrosi tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq, buyurtmachi - bu..?
- … chet el valyutasidagi operatsiyalar tizimi - bu..?
- … axborot tizimi - bu..?
- Buyurtmachilarning tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi ma’lumot kim tomonidan kiritiladi?
- Davlat byudjeti xarajatlari bu?
- O‘zbekiston Respublikasi Jamlanma (Konsolidatsiyalashgan) byudjeti tarkibi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Zahira” jamg‘armasi qaysi maqsadda tashkil etilgan?
- Vaqtinchalik smeta qaysi holatlarda tuziladi?
- Byudjet tashkilotlarining tasdiqlangan smetalari va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazish qaysi davrgacha amalga oshiriladi?
- G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan qanday davlat moliyaviy nazorati amalga oshiriladi?
- Yagona g‘azna hisobvaraq nima? Shaxsiy g‘azna hisobvaraq nima? ShHVning strukturasi qanday? Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari simvollarini tushuntiring.
- Byudjet kodeksiga asosan davlat byudjeti moliyaviy nazoratining qaysi turlari mavjud?
- Byudjet kodeksiga asosan davlat byudjeti moliyaviy nazoratining usullari?
- Nazoratning maqsadga yo‘naltirilganligi va predmetlari?
- Kameral tekshirish nima?
- Hujjatli tekshirish nima?
- Monitoring nima?
- Davlat byudjeti pul mablag‘larini kassali rejalashtirish va boshqarish nima?
- Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar qaysi BHSga asosan shakllantiriladi?
- Yagona schyotlar rejasiga muvofiq tegishlicha g‘aznachilik bo‘linmalarining 2 darajasida?
- O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga kiruvchi byudjetlarni sanang?
- Kelgusi moliya yili uchun belgilangan aylanma kassa mablag‘lari qaysi manbalar hisobiga to‘ldiriladi?
3️.Umumiy savollar
- Davlat moliyasini boshqarishda G‘aznachilikning ro‘li va o‘rni?
- Rivojlangan davlatlarning g‘aznachiligi to‘g‘risida qanday ma’lumotlarga egasiz?
- Xozirgi egallab turgan lavozimingizdagi vazifa va funksiyalaringiz nimadan iborat va u qaysi me’yoriy huquqiy hujjatda aks ettirilgan?
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 26 iyundagi PF-105-sonli Farmonida asosiy yo‘nalish va maqsadlarni aytib bering?
- Bugungi kunda zamonaviy g‘aznachilik tizimi qanday ko‘rinishda bo‘lishi kerak va uning vazifalari nimalardan iborat?
- Yalpi ichki mahsulot nima? YaIMga davlat byudjetining g‘azna ijrosining bog‘liqligi nimadan iborat?
- YaIM bilan yalpi milliy mahsulotning farqi nimada?
- Kassa rejalashtirish nima?
- O‘tgan yilgi byudjet parametrlarining ijrosi va joriy yilgi ko‘rsatkichlarini aytib bering?
- Tavsiya etilayotgan lavozimga nozodligingiz loyiq deb ko‘rilsa ishni qanday tashkil qilmoqchisiz?
- Aylanma kassa mablag‘i nima va u nima maqsadda shakllantiriladi?
- Davlat moliyaviy nazorati nima va uning amalga oshirish shakllarini sanab bering
- Yuridik va moliyaviy majburiyatlar nima?
- Davlat moliyaviy nazoratining turlarini sanab bering?
- G‘aznachilik xizmati bo‘limlari tomonidan qaysi nazorat turlar amalga oshiriladi?
- Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunga muvofiq qaysi shartnomalarda «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» xulosasi talab qilinadi?
- Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunning 30-moddasida nechta xarid qilish tartib-taomillari bor?
- Buyurtmachilarning shartnomalar tuzmasdan … asosida qabul qilinadigan yuridik majburiyatlari qaysi hollarda amalga oshiriladi?
- Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun qachon qabul qilingan?
- Davlat fuqarolik xizmati lavozimlari qanday lavozim guruhlaridan iborat?
- Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining yordamchi va boshqaruv guruhlarining nechta malaka darajalari mavjud?
- G‘aznachilik bo‘linmasi davlat ijrochisining qarori olingan kundan boshlab 10 kun ichida qanday ishlarni amalga oshiradi?
- Kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomili mezonlari qanday?
- Tavsiya etilayotgan lavozimga nomzodligingiz loyiq deb ko‘rilsa ishni qanday tashkil qilmoqchisiz?