📚 Iqtisodiy o‘qish!

16-May, 2025-yil

📍 Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasida bugun navbatdagi iqtisodiy o‘qish bo‘lib o‘tdi. Unda bo‘lim boshlig‘i U.Ochilov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 47-sonli qarori mazmun-mohiyati keng yoritib berildi.

🧾 Qaror budjetning birlamchi xarajatlarini o‘z vaqtida qoplash uchun yagona g‘azna hisobvarag‘ida saqlanishi lozim bo‘lgan mablag‘larning eng kam miqdorini aniqlash tartibiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning ijrosi budjet barqarorligi uchun muhim hisoblanadi.

👥 Tadbir davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda ushbu normativ hujjatning amaliyotga tatbiqi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

📌 Iqtisodiy o‘qishlar g‘aznachilik xizmati tizimi xodimlarining bilim va malakasini oshirishga xizmat qilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech