📣 SEMINAR MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI!

16-May, 2025-yil

2025-yil 15-may kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan davlat xaridlari bo‘yicha amaliy seminar-trening muvaffaqiyatli yakunlandi.

📌 Tadbir davomida ishtirokchilarga quyidagi mavzular bo‘yicha amaliy bilimlar berildi:
– Davlat xaridlari tartib-qoidalari
– Xarid qiymatini shakllantirish va bozor tahlili
– Elektron platformalar orqali xarid jarayonlari
– Eng ko‘p uchraydigan xatoliklar va ularning oldini olish yo‘llari

🎁 Tadbir yakunida random tanlov asosida 3 nafar faol ishtirokchi noutbuk bilan taqdirlandi! Bu esa seminar ishtirokchilari uchun kutilmagan va quvonchli sovg‘a bo‘ldi.

🙌 Ishtirokchilar seminardan olgan bilimlari amaliy jihatdan foydali bo‘lganini ta’kidlashdi va bu kabi tadbirlarning yana davom etishini xohlashdi.

📌 Seminar “Hayot birja” boshchiligida, Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech