📢 Samarqand shahrida navbatdagi SAYYOR QABUL bo‘lib o‘tdi!

16-May, 2025-yil

🗓 2025-yil 12-may kuni Samarqand viloyati G‘aznachilik xizmati boshqarmasi boshlig‘i Hamdamov Oybek Aslonjonovich tomonidan tadbirkorlar, budjet tashkilotlari vakillari va fuqarolar ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

📍 Tadbir Samarqand shahri, Ko‘ksaroy maydoni, 2-uyda bo‘lib o‘tdi. Unda davlat xaridlari tizimi, budjet mablag‘laridan foydalanish tartibi, shartnoma tartib-taomillari va elektron savdolar bilan bog‘liq muammolar va takliflar ochiq muloqot asosida muhokama qilindi.

👥 Sayyor qabulda quyidagi tashkilotlar vakillari ham ishtirok etib, joyida tushuntirish va amaliy yordam ko‘rsatdilar:
– O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi Samarqand filiali vakili: Davrukov Xusniddin
– Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Axborot texnologiyalari markazi vakili: Shukurov Sherzod
– “Hayot birja” MCHJ vakili: Suvanqulov Faxriddin

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech