🌟 Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi 🌟

📅 1-2 may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasida “Inson uchun” nomli Respublika ko‘rgazmasi o‘tkaziladi! 🤝
Ushbu ko‘rgazmada nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyish etiladi va ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish imkoniyati yaratilib, ijtimoiy ahvolni yaxshilashga ko‘maklashiladi.
💡 Ko‘rgazma maqsadi:
Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tanishish.
Ularning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilash uchun xaridlar va shartnomalar tuzish.
Sizni va tashkilotingizni ushbu muhim tadbirga taklif qilamiz. Keling, birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda qo‘shma hissa qo‘shaylik! 🌱
📍 Manzil: O‘zekspomarkaz, Toshkent sh., 1-2 may, 2025-yil
🕘 Vaqt: 10:00 - 18:00