Samarqand viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasida Korrupsiyaga qarshi ko‘rashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi ko‘rashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni ijrosini taʼminlash bo‘yicha Samarqand viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasida Korrupsiyaga qarshi ko‘rashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Viloyat prokuraturasining O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tergovchisi Zafar Hamdamov ishtirok etdi. 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi ijrosini taʼminlash, idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar to‘qnashuvining oldi olinishini taʼminlash, sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratishi mumkin bo‘lgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf qilish yuzasidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Komissiyasining axboroti tinglandi.